Siz go'yoki meni xonadonimda mehmondasiz, sizni xush ko'rdik. Shaxsiy saytim orqali siz hayotim va ijodimdagi yangiliklardan boxabar bo'lib, menga yanada yaqinroq bo'lasiz. Yangi ijod na'munalari ilk bor va birinchi bo'lib mana shu sayt orqali sizning e'tiboringizga havola etiladi. "Fan-klub" bo'limida men sizdan meni ijodimga va hayotimga befarq bo'lmaganingiz isboti, fikrlaringizni kutib qolaman.
Hurmat va ehtirom ila
Sardor Rahimxon.
 
 











 
   
 

 
  Yangiliklar //

\\ Sardor Rahimxondan uzoq kutilgan klip! 10.03.10
Kuni kecha "O'zbektelefilm" pavilonlaridan birida Sardor Rahimxonning "O'zim yor-yor aytay" taronasi uchun uzoq kutilgan video klip suratga olindi. Ushbu qo'shiq muhabbat haqidagi 2010 yilning eng go'zal taronasi hisoblanadi...
> Klipni esa har doimgidek, Sardor Rahimxonning doimiy hamkorlari rejissorlar Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunovlar suratga olishdi. Bu safar klipda bosh rollarda bugungi kunda erkak aktyorlar orasida eng mashhur bo'lib kelayotgan Alisher Uzoqov hamda ilk marotaba ekranlarda namoyon bo'ladigan Leyli Saitmanbetova ijro etdilar. Darvoqe, Leylini chinakam ma'noda ayol aktrisalar orasida haqiqiy kashfiyot bo'ldi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Yaqin kunlarda TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin. Hozir esa eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qiling.
 
\\ Radio Grandni tinglang! 01.02.10
Yaqindagina Sardor Rahimxon "Bayon" nomli yangi she'riy monologlari joylangan albomini chiqargan edi. Muxlislarning talablari bilan har kuni ushbu albomdan joy egallagan monologlardan FM 101,5 Grand radiosi orqali soat 21:30 da taqdim qilib kelinmoqda.
 
\\ "Akangga boq" taronasini tez kunda qarshi olasiz! 31.01.10
Sardor Rahimxon hozirgi kunda yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Tarona "Akangga boq" deb nomlanib, musiqasi Sardor Rahimxonning ustozi Iqbol Muhammadjonovga tegishli. Musiqiy sayqal Jasur Badalbaev tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, do'sti Ulug'bek Rahmatullaev bilan birgalikda ijro qilgan "Biz haqimizda" nomli duet taronasi shu kunlarda barcha FM to'lqinlari orqali efirga uzatilmoqda.
 
\\ "Agar-agar" klipini qo'llab-quvvatlang! 10.12.09
Sardor Rahimxon bu yil "Agar-agar" taronasi uchun antiqa multfilm klip suratga ishlagan edi. Ushbu klip 6 oy mobaynida dunyoga kelgan edi. "Agar-agar" qo'shig'iga Sardor bor kuch va g'ayratini qaratib, muxlislarga original mahsulot yetkaza oldi. Uning mehnatlari yuqori baholanib, bu yil "M&TVA 2009" taqdimot marosimining "Yilning eng yaxshi klipi" nominatsiyasiga nomzod sifatida qo'yildi. Albatta bu quvonarli holat. Nima bo'lganda ham Sardor Rahimxonga omad yor bo'lishini tilaymiz. TVM 050 ni 4747 raqamiga sms tarzida yuborib, "Agar-agar" taronasiga ishlangan klip uchun ovoz berishingiz mumkin.
 
\\ Yangi klip 06.12.09
"Sen uchun" deb nomlangan konsert dasturimda sokin ohangdagi "O'zim yor-yor aytay to'yingda" nomli qo'shig'im konsert dasturiga tashrif buyurgan aksariyat muxlislarimga manzur bo'lgan edi. Muxlislarimning talablaridan kelib chiqqan xolda, ushbu qo'shig'im uchun hozirda klip suratga olmoqdaman. Klip rejissorlari mening doimiy hamkorlarim bo'lgan Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunovlardir. Muxlislarim "O'zim yor-yor aytay to'yingda" nomli qo'shig'imga ishlangan klipni dekabr oyining so'nggi kunlarida TV kanallari orqali tomosha qilishlari mumkin.
 

 
 

 
           
 

© 2007-2009 Sardor Rahimxon
info@sardor.uz | site by COOL






 
 
Eksklyuziv klip //

Agar-agar
ko'chirish
 
 
 
 
Mobil mavzu //

Nokia telefonlari uchun
ko'chirish
 
 
 
 
Ovoz ber //
Siz sevgan tarona?

  Bir qarab qo`y
  Hayot
  Baxting
  Yo rab

   Natijalar

 
 
 
  Hamkorlar //
SB.uz - Shou Biznes Olami

PanTerra Studio