 |
|
 |
| |
Yangiliklar //
| \\ Gastrol-konsert dasturi |
05.12.09 |
| Shu oyning 15-16-17 dekabr kunlari respublikamizning
Buhoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida muxlislarim uchun
o'zimning yangi yakkaxon konsert dasturimni taqdim qilaman.
Darvoqe, "Samarqandning go'zali" nomli taronamni ilk
bor kuylaganimda, juda ko'plab buhorolik va umuman boshqa viloyatlik
muxlislar rashk qilishgan edi. Endilikda buhorolik muxlislarim
uchun "Buhoro go'zali" nomli yangi tarona yaratdim.
Ilk bor ushbu qo'shiqni viloyatlar bo'ylab uyushtirayotgan gastrol
konsert turnelarimda muxlislarim tinglashligi mumkin. Qo'shiqning
so'zi Botir Ergashev, musiqasi esa Iqbol Muhammadjonovga tegishli. |
| |
| \\ Fotojamlanma Konsert-2009 |
01.12.09 |
| Saytmizning "Fotosuratlar"
sahifasidan "Sen uchun" konsert dasturidan fotolavhalar
o'rin egalladi. |
| |
| \\ Fotojamlanma Kuz-2009 |
05.09.09 |
| Saytmizning "Fotosuratlar" sahifasidan yangi fotosuratlarim o'rin oldi. Yangi fotojamlanmani tomosha qilib, ularga baho berishingiz mumkin. Sizning har bir fikringiz men uchun muhim. |
| |
| \\ O'zbekiston Respublikasida hizmat ko'rsatgan artist unvoni! |
27.08.09 |
| Bugun men uchun juda quvonchli kun, yurtboshimiz kaminaning kamtarona qilgan mehnatimni yuksak mukofot bilan taqdirladilar. Bu mukofotni qo'lga kiritishdek baxtga muyassar bo'lib turganimdan bag'oyat cheksiz baxtiyorman va albatta bu mukofotni oqlashga harakat qilaman. Ushbu mukofot meni yanada shiddat bilan ijod qilishga undaydi. Meni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimga ham o'z o'rnida tashakkur bildiraman. |
| |
| \\ Rayhon bilan duet! |
20.08.09 |
| Rayhon bilan birgalikda duet tarona kuyladik. Qo'shiq "Sevgi o'yinmas" deb nomalanadi va uni tez orada sizning hukmingizga havola etamiz. Ushbu tarona uchun klip ham suratga olinadi. Klipni TV kanallarida tomosha qilish bilan bir qatorda saytimizdan ham ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi. |
| |
| \\ Navbat "Oh nimalar" taronasiga! |
09.08.09 |
| So'nggi paytlarda muxlislarimizga manzur bo'layotgan "Oh nimalar" nomli taronamizga klip suratga olinyapti. Klip rejissori mening eng sevimli va doimiy klipmeykerim Rustam Murodov hamda Mirmaqsud Oxunov. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joiz, biz Rustam Murodov bilan ko'p yillardan buyon birgalikda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. "Oh nimalar" qo'shig'ining mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, qo'shiq so'zlari Akbarali Mirzaev qalamiga mansub, musiqasi esa Iqbol Muhammadjonov ijodidan. |
| |
| \\ Qashqadaryo gastrolidan tafsilotlar va fotosuratlar... |
23.07.09 |
| Va nihoyat 3 yillik tanaffusdan so'ng mana Qashqadaryo viloyatida ham gastrol bo'lib o'tdi bu qashqadaryolik muxlislar uchun ham va shaxsan men uchun ham juda sog'inchli kun bo'ldi. Men bu kunni intizorlik bilan kutgandim. G'uzor, Chiroqchi, Muborak va Qarshi stadionlarida bo'lib o'tgan konsertlarga ko'p sonli muxlislarimiz tashrif buyurishdi. Bu yerda biz 10dan oshiq yangi qo'shiqlarni ijro etdik. Qolaversa, bu yerda muxlislarimiz, Ja'far hamda Mustafo ismli shogirdlarimiz bilan yuzma-yuz tanishishga, ularning qo'shiqlarini tinglashga imkon topishdi. Shu o'rinda meni qo'llab-quvvatlaganliklari uchun Qashqadaryolik muxlislarga tashakkur bildiraman. Qashqadaryodan tafsilotlar faqatgina ijobiy. |
| |
| \\ "Hayot" albomi sotuvda! |
21.07.09 |
| Yaqindagina "Hayot" nomli uchinchi albomimizni yozib tugatdik. Mazkur albomdan 16ta qo'shiq o'rin olgan, ulardan 10tasi yangi. Albom "PanTerra Studio" hamda "CD Profi" tomonidan sotuvga chiqarildi. Ilk bor Alloh haqida, ona haqida hamda ustoz haqida kuylagan taronalarim ham shu albomdan o'rin egallagan. Umid qilamanki, albom sizlarga manzur bo'ladi. |
| |
| \\
Qashqadaryoga safar... |
08.07.09 |
| Mana ikki yillik tanaffusdan so'ng va nihoyat uzoq Qashqadaryo viloyatiga gastrol konsert dasturi bilan tashrif buyuramiz. Bu Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi muxlislari uchun ajoyib sovg'a bo'lsa ajab emas. Konsert dasturi 15-16-17 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan katta stadionlarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu konsert dasturi "UzbekMedia" prodyusserlik markazi tomonidan amalga oshirilmoqda. E'tiborli tomoni shundaki, bizning konsert dasturimiz ushbu prodyusserlik markazining ilk ishi hisoblanadi. Konsert dasturida hali tele va radio kanallar orqali tortiq etilmagan 6 ta yangi taronalarimni ijro etaman. Shuningdek, Ja'far hamda Mustafo ham ushbu konsert dasturida o'ziga xos chiqish qilishadi. |
| |
| \\
Klipdan fotosuratlar |
05.07.09 |
| Piterda bo'lib o'tgan "Ti dlya menya" klipini suratga olish jarayonidan fotosuratlarni saytning Fotosuratlarim bo'limida tomosha qilishingiz mumkin. |
| |
| \\
Ti dlya menya! |
03.07.09 |
Qariib bir hafta davomida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ijodiy safarda bo'lib qaytdik. U yerda rossiyalik yulduz Dmitriy Malikov tomonidan yaratilgan "Ti dlya menya" taronasi uchun romantik sahnalarga boy klip suratga oldik.
"Ti dlya menya" taronasi Dmitriy Malikov bilan imzolagan shartnomamiz asosida yaratilgan birinchi ishi hisoblanadi. Klip suratga olish ishlari Piter shahrining eng ko'zga ko'ringan so'lim joylarida, Ambassador mehmonxonasida, shuningdek Napoleon Bonopartning matbuot kotibining tarixiy ahamiyatga ega yaxtasida olib borildi. Yaxta hozirda "Zvezda" deb nomlanadi. "Ti dlya menya" taronasi uchun yaratilayotgan maxsus klipda bosh qahramon rolini Sankt-Peterburg shahrining go'zal modeli Yuliya Bashko o'ynadi. Men bu orqali nafaqat xalqimni tanitishga, balki o'zbek san'atkorlari nimalarga qodir ekanligini ko'rsatishga harakat qildim. Bizning yurt ham hech kimdan kam emasligiga va boshqalar kabi samarali ijod qila olishini ko'rsatdim. Shuningdek, bu o'zbek shou-biznesida o'ziga xos yangilik! |
| |
| \\
Namanganda hayriya konsert dasturi! |
03.06.09 |
| Kuni kecha xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyatida uyushtirilgan katta hayriya konsert dasturida ishtirok etib qaytdik. Kamina, Mustafo hamda Jafar bilan birgalikda mehribonlik uyida konsert dasturi taqdim etdik. Ushbu hayriya tadbiriga shaxsan meni taklif qilishganidan boshim ko'kka yetdi. Qolaversa, mehr-muruvvatga chanqoq bolalarni ko'rib, ularga ko'tarinki kayfiyat baxsh etganimdan mamnunman. Fotosuratlarim sahifasida ushbu konsert dasturidan fotolavhalar o'rin egalladi. |
| |
| \\
Janubiy Koreyadan so'ng Parkentda!!! |
26.05.09 |
| 22 may kuni Janubiy Koreya respublikasidan qaytib keldim. Shuningdek, Parkent shahrida ham konsert dasturim bilan ishtirok etdim. Umid qilamanki, mazkur konsert dasturi mahalliy muxlislarga manzur bo'ldi.. |
| |
| \\
"Yo, rab" taronasining prem'erasi! |
22.05.09 |
| 22 may kuni soat 17:30da "Zamin FM" radiosi orqali mening "Yo, rab" nomli taronam prem'erasi bo'lib o'tadi. "Konservatoriya Records" studiyasida yozilgan mazkur tarona yangicha ohanglar ila jarang sochadi va umid qilamanki sizga manzur bo'ladi. Qo'shiq matni Bobur Umarov qalamiga mansub, musiqasi esa Iqbol Muhammadjonov ijodidan. |
| |
| \\
Korea Respublikasiga safar!!! |
12.05.09 |
| O'zbekiston Madaniyati va Forumi Jamg'armasi tomonidan 12-22 may kunlari Janubiy Koreya respublikasida o'tkaziladigan "O'zbekiston Madaniyati kunlari" tadbirida ishtirok etish uchun bugun Korea davlatiga yo'l oldik. Ushbu tadbirda aynan men ishtirok etayotganidan bag'oyatda hursandman. 10 kunlik safardan qaytgach tadbirlar haqida imkon bo'lsa albatta to'xtalib o'tamiz. |
| |
| \\
Yangi fotosuratlar Bahor-Yoz!!! |
12.05.09 |
| "Fotosuratlarim" sahifasidan 2009 yil uchun mo'ljallangan yangi "Bahor-Yoz" turkumidan fotosuratlar o'rin oldi. Mening yangi fotosuratlarimni tomosha qilib, unga bo'lgan fikrlaringizni bizga yo'llasangiz sizning fikringiz bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Taklif va mulohazalar men uchun doimo muhim! |
| |
| \\
Yana ikki tarona! |
12.05.09 |
| Muxlislarimning talabiga binoan yana ikki yangi taronamni taqdim etmoqdamiz. "Aytmaydi" hamda "Baxtli bo'l" nomli yangi taronalarni siz azizlar saytimizning "Media-olam" sahifasidan ko'chirib olishingiz mumkin. Ushbu taronalar ham sizning ko'nglingizdan chuqur joy oladi, degan umiddaman. |
| |
| \\ Yangi qo'shiqlarni ko'chirib oling!
|
28.04.09 |
| So'nggi albomimdan o'rin egallagan qo'shiqlarni muxlislarimiz juda ham ko'p kutishdi. Bugun aynan mana shu taronalarni sizga taqdim etish fursati yetdi. Shunday ekan endilikda siz "Media-olam" sahifasiga tashrif buyurib qo'shiqlarni ko'chirib olishingiz va maroq ila tinglashingiz mumkin.. |
| |
| \\ Ovoz berish natijalari
|
27.04.09 |
Bir qancha payt davom etgan so'rovnoma natijalari bilan tanishing. Unga ko'ra "Siz sevgan tarona" so'rovnomasida quyidagija natija qayd etildi:
1. Faryod - 1129
2. Bilmading - 286
3. Arazingiz - 247
4. Jonginam - 115
Barcha ovozlar: 1777
Men so'rovnomada o'z ovozi bilan qatnashgan barcha muxlislarimga tashakkur izhor qilgan xolda so'rovnoma yangilanganini eslatib qo'yaman. |
| |
| \\ Mish-mishlarga oydinlik!
|
23.04.09 |
| San'at olamida mish-mishlar juda ko'p tarqashiga yana bir bor amin bo'ldim. Sardor Rahimxon radioboshlovchilardan birini sevib qolgan emish, Sardor Rahimxon yana do'sti Ulug'bek Rahmatullaev bilan yuz ko'rmas darajada urushib qolibdi kabi mish-mishlar muxlislarni e'tiboridan chetda qolmayapti. Shu sababli ularga javob berib o'tishga qaror qildim. Vaqt o'tib bormoqda. Uylanishim kerak. Lekin radioboshlovchilardan sevib qolmadim. Ikkinchi savolga to'xtaladigan bo'lsam, bu ham quruq gap. Men Ulug'bek bilan avval qanday bo'lsam, hozir ham shunday munosabatdaman. Qolgan gaplar esa oddiy mish-mish... |
| |
| \\ Sardor Rahimxon "Kelajak ovozi" bilan!
|
26.03.09 |
| 27 martdan 30 martga qadar men hamda shogirdim Mustafo "Kelajak ovozi" bilan birgalikda viloyatlar bo'ylab gastrol safarida bo'lamiz. Mazkur tadbir davomida barcha muxlislarimizni xushnud etishni asosiy maqsadimiz sifatida oldinga qo'yganmiz. Ishonamizki, viloyatdagi muxlislarimiz bu konsert dasturlaridan hursand bo'lishadi! |
| |
| \\ Agar-agar eksklyuziv klip!
|
| Mana anchadan buyon kutilayotgan klip ham tayyor bo'ldi va TV kanallari orqali namoyish etilishni boshladi. Bugun siz uchun multiplikatsiya yo'nalishida tayyorlangan klipni taqdim etamiz. Klip haqida ko'p so'zlab o'tirmayman, o'zingiz uni "Eksklyuziv klip" bo'limidan ko'chirib oling va baho bering! |
| |
| \\ SB.uz madhiyasi klipi!
|
| Xabaringiz bor yaqin hamkorimiz SB.uz portali 28 fevral kuni "Turkiston" saroyida o'zining 3 yillik to'yini keng nishonladi. Portalning 3 yilligi arafasida esa maxsus madhiya ham yozilgan edi. Ushbu madhiyaga klipmeyker Bahrom Berdiev tomonidan klip suratga tushirilgan. Bugun ushbu klipni ko'chirib olish uchun sizga imkoniyat yaratiladi. Klipni ko'chirib olish! |
| |
| \\ "Agar-agar"ga multfilm!!!
|
| 3 oylik izlanishlarimiz natijasi mart oyining boshida muxlislarga taqdim etiladi. 15dan ortiq multiplikatorlar, 75dan ortiq personaj va juda katta byudjet!!! "Agar-agar" taronasiga ishlangan klip tayyor, uning dublyaj ishlari ham o'z nihoyasiga yetdi. Dublyaj jarayonida Muhammadiso Abdulhayirov hamda Afzal Rafiqov kabi taniqli aktyorlar qatnashishdi. Bu mening o'zim uchun ham juda qiziq jarayon bo'ldi. Klipni tez orada saytimiz orqali taqdim etamiz!!! Klipdan fotolavhalarni saytning fotosuratlarim bo'limida tomosha qilishingiz mumkin. |
| |
| \\ SB.uz portali 3 yoshda!!!
|
| 28 fevral kuni soat 17:00da "Turkiston" saroyida SB.uz portali o'zining 3 yoshini munosib qarshi olishga tadorik ko'rmoqda. Mana shu munosabat bilan men yaqin hamkorim bo'lmish SB.uz portalini chin dildan muborakbod etaman. Shuningdek, mazkur konsert dasturida ishtirok etib muxlislarni xushnud etishni o'z burchim deb bilaman. |
| |
| \\ "Agar-agar"ga multiplikatsion klip!!!
|
| Ayni damda yangi multfilm ustida ish olib borayapmiz. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yangi qo'shig'imga multfilm ko'rinishida klip suratga tushirishga qaror qildik va hozirda shu klip ustida ish olib borilmoqda. Qaysi qo'shiqqa bunday klip suratga olinayotgan ekan, degan savolingizga javob berib o'tishim mumkin. Bu qo'shiq "Agar-agar" taronasidir. Aytishim kerak, mazkur klip hozirgi kungacha tayyorlab taqdim etgan kliplarim orasida eng katta mehnat talab qilgan klip bo'lmoqda. 4 oy davomida 15dan ortiq multiplikatorlar klip ustida ishlamoqda. Men uchun shaxsan juda katta loyiha bo'lmoqda. Mendan avvalgi ijodkorlar yaratgan multfilm kliplarda kompyuter grafikasidan foydalanishar edi. Menda esa har bir elementlarni bittalab chizishmoqda. Bu juda mayda ish hisoblanadi. Hudo xohlasa, ushbu loyiham yaqin kunlarda tugatilib, muxlislarimizga havola qilamiz. |
| |
| \\ "Ti dlya menya" Dmitriy Malikov bilan...
|
| 2008 yil mobaynida bir necha bor Moskvada ijodiy safarda bo'ldim, safarlar davomida Rossiyalik mega yulduz Dmirtiy Malikov bilan hamkorlikda yangi tarona yaratdik. "Ti dlya menya" deya nomlangan mazkur taronani siz Moskva FM va TV kanallari orqali tinglab tomosha qilishingiz mumkin. Undan tashqari Iqbol Muhammadjonov musiqasi va Shuhrat Zokirov aranjirovkasi bilan yangi "Yor-yor" taronasi ustida ishlab kelmoqdaman. |
| |
| \\ "Hayot"ga hayotiy klip!!!
|
| Yaqindagina siz azizlarimga "Hayot" taronamga ishlangan klip fotolavhalarini taqdim etgan edik. Bugun esa mana shu klipni ko'chirib olishingiz uchun saytimizga joylashtirdik. Eksklyuziv klip blokidan o'rin olgan klipimni hoziroq ko'chirib olishingiz mumkin. Fan-klub bo'limida esa sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz. |
| |
| \\ Hayot...
|
Yangi qo'shig'im aynan shunday nomlanadi va unga yaqindagina klip tasvirga tushirdik. Klip rejissori Rustam Murodov. Ushbu klipmeykerning ishi menga ma'qul kelganligi bois ko'proq mana shu klipmeykerga murojaat etaman. Tez kunlarda klipni saytimizdan ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi. Hozircha esa klipdan fotolavhalarni "Fotosuratlarim" bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
|
| |
| \\ Faryod
|
| "Ko'zlarimni yumdim, seni ko'rmoqlik uchun" ushbu ibora barchaga tanishligiga xech shubxam yo'q. Xa bu "Shabnam" filmidan olingan va bugun saytimizga aynan shu filmga yozilgan soundtrekka ishlangan "Faryod" deya nomlangan klipimni joyladik. Ushbu klipni saytimizning "Eksklyuziv klip" bo'limidan ko'chirib olishingiz mumkin. |
| |
| \\ Yakkaxon konsert yakuniga yetdi!
|
| Xabaringiz bor, 19-20 oktyabr kunlari "Istiqlol" san'at saroyida o'zimning ilk yakkaxon konsert dasturimni taqdim etdim. Ushbu konsert dasturiga tushganlar konsert haqida yetarlicha ma'lumotga egalar. Tushmaganlar uchun esa ozgina ma'lumot yetkazishga harakat qilamiz. Konsert dasturimiz kutilgandanda a'lo darajada o'tdi. Eng sara qo'shiqlar, ajoyib sahna dekoratsiyasi, Shukurullo Isroilov hamda Halima boshlovchiligi ostidagi konsert dasturi. Mazkur konsert dasturida menga yaqinda yordam bergan barcha yelkadoshlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu o'rinda ustozlarim Iqbol Muhammadjonov hamda Oybek Alievga alohida tashakkur izhor etaman! Tez orada konsert dasturidan fotosuratlar taqdim etiladi. |
| |
| \\ Konsertga marhamat!!!
|
| Xabaringiz bor 19-20 oktyabr kunlari ilk yakkaxon konsert dasturimni siz azizlarim uchun taqdim etaman va mana shu konsert dasturi uchun kunu-tun tinmay tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Afsuski, barcha muxlislar uchun chiptalarni yetkazish imkoniyati bo'lmadi. Gap shundaki, chiptalar bir necha kun avval sotilib bo'lindi. Qolaversa, so'nggi paytlarda kuzatilayotgan holatga bizning konsert dasturimizda ham duch keldik, chiptalar "olib-sotarlar" qo'liga chiqib ketdi va qimmat narxlarda sotilmoqda. Ishonamizki, asl muxlislarimiz va omadli muxlislarimiz konsert dasturimga albatta tashrif buyurishadi! Konsertda barchangizni kutib qolaman!!! |
| |
| \\ Kutilgan va kutilmagan hamkorlik!
|
| Rossiyaning mega yulduzi Dmitriy Malikov bilan hamkorlikda ish boshladik. 19-20 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturimda Dmitriy Malikovdan katta sovg'a kutilayotganini aytib o'tishim mumkin. Saytning "Fotosuratlarim" bo'limida hamkorlik jarayonida tushirilgan fotosuratlar sizga havola etilgan. Darvoqe, mening har doimgidek doimiy hamrohim, eng yaqin do'stim Ulug'bek Rahmatullaev! |
| |
| \\ "Yig'lar osmon" yoxud yangi fotojamlanma!
|
| Ayni kunlarda 10-11 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan yakkaxon konsertimga jiddiy tayyorgarchilik bilan bandman. Hozirgi kunda radio to'lqinlar uzra jarang sochayotgan repper Shohruh bilan birgalikda kuylagan "Yig'lar osmon" taronamizni endi saytimizdan ko'chirib olishingiz mumkin. Shuningdek, yangi klip suratga tushiryapmiz. U "Onaizor" nomli taronaga olinadigan yangi klipdir. Hozircha esa mening yangi imijdagi fotojamlanmamdan bahramand bo'ling. |
| |
| \\ "U yona o'yna" - tez kunda yangi hit!!!
|
10-11 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturimga ayni kunlarda jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ushbu konsert dasturi uchun yana bir yangi qo'shiq yozdik. "U yona o'yna" nomlangan yangi qo'shig'imiz musiqasi Iqbol Muhammadjonov ijodidan, aranjirovkasi esa Abzalbek Xusanovga tegishli. Mazkur qo'shiq yurtimizning 17 yillik Mustaqillik tantanalarida ijro etiladi.
Shuningdek, avgust oyi oxirlarida Moskvaga ijodiy safar bilan yo'l olaman. Muxlislarimning talab va istaklariga binoan "Tam za tumanami" qo'shig'imga ham klip suratga olishni rejalashtirib qo'ydim. |
| |
| \\ Yarim yillik ovozlar natijalari.
|
Qadrli muxlislarim, o'tgan 6 oy davomida saytmizda "Sizga qaysi qo'shig'im manzur?" so'rovnomasi natijalari bilan tanishish payti keldi deb o'ylayman. Unga ko'ra:
1. Ishonmasman - 791
2. Nazar-nazar - 676
3. Izlamang - 314
4. Azganush - 274
Barcha ovozlar soni 2055 tani tashkil etdi.
Men so'rovnomada o'z ovozi bilan qatnashgan barcha muxlislarimga tashakkur izhor qilgan xolda so'rovnoma yangilanganini eslatib qo'yaman. |
| |
| \\ Mobil mavzu |
| Mobil telefonlar uchun maxsus mavzular rivojlanib borayotgan bir paytda muxlislardan aynan Nokia rusumidagi 320x240 pixel hajmidagi ekranli uyali aloqa telefonlariga mavzu tayyorlanishi taklifi tushdi. Biz esa o'z o'rnida kaminaning fotosuratlaridan tayyorlangan maxsus mavzuni siz azizlarga yetkazishdan hursandmiz. |
| |
| \\ Eksklyuziv klip |
| Eksklyuziv klip bo'limiga "Bir qarab qo'y" qo'shig'iga ishangan klip joylandi. Aziz muxlislar marhamat yangi klipimni ko'chirib oling va unga baho bering. |
| |
| \\ Yakkaxon konsertga hozirlik! |
Ayni damda yangi yakkaxon konsert dasturim uchun qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdaman. Mazkur konsert dasturi kuz faslida o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, yangi qo'shiqlar yozish bilan mashg'ulman.
Yangi qo'shiqlarim to'plangan yangi albom kuz faslida bo'ladigan yakkaxon konsert dasturimda prem'era tariqasida jarang sochadi. Qolaversa, konsert arafasida yangi albom ham sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Repper Shohruh bilan birgalikda kuylagan "Yig'lar osmon" taronamizga esa ayni kunlarda klipmeyker Rustam Murodov tomonidan klip ham tasvirga tushirilmoqda. |
| |
| \\ So'nggi yangiliklar... |
| "Bir qarab qo'y" nomli xorazmcha qo'shig'imga Rustam Murodov rejissorligi ostida qo'shiqqa klip olyapmiz, Mazkur qo'shiq matni "Yorim bo'lsin" taronasining matni muallifi Davlat Murod hisoblanadi. Shuningdek, ayni kunlarda rus tilida ijro etgan "Tam za tumanami" nomli ilk qo'shig'im FM to'lqinlarida yangramoqda. Onalar haqida ham ajoyib qo'shiq ijro etdim. Qo'shiq nomi "Ona-i zor", Bobur Bobomurod so'zi, Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Dilmurod Madkarimov aranjirovkasi. Albatta bu qo'shiq ham klipi bilan birga muxlislarga taqdim etiladi. |
| |
\\ Estradamizning ikki mega qirolidan tuhfa!!!
Ayni damda Bobur Umarov so'zi, musiqasi va aranjirovkasi bilan "Yig'lar osmon" nomli ajoyib duet tarona tayyorlanmoqda. Navbatdagi duetdoshim, rep qiroli Shoxrux! Bu bizning ilk duet taronamiz hisoblanadi. O'ylaymizki, sizga mazkur qo'shiq yoqadi. Zero, qo'shiqqa bor imkoniyatlarimiz ila yondashmoqdamiz.
\\ Xorazmliklar uchun sovg'a!!!
Xorazmlik muxlislar uchun tez kunlarda ajoyib qo'shig'imni taqdim etaman. O'ylaymanki, ushbu qo'shiq barchaga birdek ma'qul keladi. Qo'shiq nomi esa hozircha sir. Albatta eng birinchi rasmiy saytimdan qo'shiq nomini bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
\\ Moskvaga safar! "Malika"ga esa klip!!!
13 may sanasida Moskva shahriga ijodiy guruh bilan gastrol safariga yo'l olyapmiz. Shuningdek, ayni kunlarda "Malika" nomli yangi qo'shig'imga klip suratga tushirmoqdamiz. Klip rejissori Rustam Murodov. Tez orada tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz. Darvoqe, har doim so'rashardi shogirdingiz yo'q, nega bunday deb. Mana hozir 2 shogirdim bor. Birinchisi Mustafo. Uni "Shirin-shakar go'zallar" qo'shig'i orqali tanishadi. Ikkinchisi esa hozircha sir.
\\ SB.uz portali 2 yoshda!
25-fevral soat 17:00da "Muqimiy" nomidagi o'zbek musiqali drama teatrida SB.uz portali 2 yoshi munosabati bilan ajoyib ijodiy kecha o'tkaziladi. Ushbu kechada men o'zimning "Baxting" taronam bilan ishtirok etaman va barcha muxlislarimni mazkur ijodiy kechaga taklif qilaman. SB.uz portaliga yuksak parvozlar tilab, portalning barcha xodimlarini bu bayram bilan tabriklayman.
\\ Ayollarga tuhfa!
Iqbol Muhmmadjonov musiqasi, Ulug'bek Super aranjirovkasi bilan haqiqiy milliy yo'nalishda "Hargiz" deb nomlangan qo'shiq yozdik. Mana shu qo'shiqqa Ziyoda Madrahimova boshchiligida 25ta raqqosa ishtirokida raqs tayyorlandi va klip suratga olinmoqda. Bu qo'shiqni siz 8 mart arafasida ayollarga tuhfa sifatida TV va radio kanallar orqali qabul qilib olishingiz mumkin. Men barcha ayollarimizni sevib qolaman!!! Kelayotgan bayramingiz muborak bo'lsin!!!
\\ Xorij safarlari yakun topdi.
Men yangi yilni xorij safarlaridan boshladim. Dastlab 10 kun Malayziya va Indoneziyada hordiq olib kelganimdan so'ng, kuni kecha 26 yanvar kuni Moskva shahridan ijodiy safar bilan ishtirok etdik. Endi esa yaqin kunlarda "Baxting" taronasini klipini kutib qoling. Buxorolik sevishganlar uchun ajoyib sovg'a - 14 fevral kuni men Buxoroi-sharifda gastrol safarida bo'laman.
\\ "Baxting" taronasining ilk jarangi...
29 dekabr soat 18:30da "Zamin-FM" radiosida yangi "Baxting" nomli taronamni ilk bor tinglang. Qo'shiq barcha sevishganlarga ataladi. 31 dekabr kuni "Yoshlar" telekanali yangi yil bazmini do'stim Ulug'bek Rahmatullaev bilan birga olib boradigan bo'ldik. Aynan mana shu kuni "Baxting" taronasining video talqinini ham "Yoshlar" telekanali orqali tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz. Yanvar oyida esa chet elga gastrol safari bilan yo'l olaman.
\\ Ovoz berish natijalari.
Aziz muxlislarim va saytim mehmonlari, bugun siz ikki oy davomida to'plangan saytimdagi so'rovnoma natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Unga ko'ra "Sizga qaysi qo'shig'im manzur?" savoliga quyidagicha natijalar to'plandi:
1. Yorim bo'lsang - 307
2. Nechun erkam - 240
3. Bilmading - 188
4. Oshkora - 66
Barcha ovozlar soni 801tani tashkil etdi.
Men o'z navbatida ushbu so'rovnomada qatnashgan barcha muxlisu muxlisalarimga tashakkur izhor qilaman va so'rovnoma yangilanganini eslatib qo'yaman.
\\ Yaqinda "Baxting"ni tinglaymiz!
Ijodimda ilk bora Ra'no Yarashevaning so'ziga kuy bastalab qo'shiq yaratdim. Tarona "Baxting" deb nomlanadi. Qo'shiq aranjirovkasi Baxtiyor Sobirov ijodidan. Qo'shiqni yaratishda do'stim Ulug'bek Rahmatullaev hamda ustozim Iqbol aka Muhammadjonovning maslahatlariga quloq tutdim. Bu qo'shiq "Konservatoriya Records" studiyasida yozildi. Yaqin kunlarda prem'era bo'ladi.
\\ Online suhbat.
Hurmatli saytimning mehmonlari bundan buyon siz bilan yanada yaqin bo'lish maqsadida har oyning ikkinchi yakshanbasida soat 15.00 dan 16.00 oralig'ida saytimning "Fan-klub" bo'limida online suhbat o'tkazishga qaror qildim. Online suhbat davomida berilgan va undan oldin berilgan savollarning barchasiga javob berishga harakat qilaman. Umid qilamanki bu online suhbat sizga manzur bo'ladi.
\\ Endi meni izlamang...
Men "Endi meni izlamang..." nomli yangi tarona yozdim va uni 10 noyabr kuni kech soat 18:00dan so'ng "Zamin-FM" radiosi orqali keng ommaga taqdim etmoqchiman. Qo'shiq musiqasi Iqbol Muhammadjonovniki, aranjirovka esa Baxtiyor Sobirov ijodiga mansub. Qo'shiqni tinglayotganingizda uning matniga alohida ahamiyat bering...
\\ Izlamay - Yangi qo'shiq!
Ijodimda yangiliklar serob. Men yaqindagina Qozog'istondan, 2 kunlik konsert dasturidan qaytdim. Shuningdek, "Konservatoriya Records" studiyasida yangi "Izlamay" deb nomlangan tarona ham yozdim. Undan tashqari "Bilmading" taronasiga klip suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Klip voqeaviy tarzda bo'ladi va uning scenariysining g'oyasi kaminaga tegishli.
\\ Rasmiy veb sayt ishga tushdi.
20 oktyabr kuni Sardor Rahimxonning rasmiy veb sayti o'z ish faoliyatini boshladi. Sayt manzili www.Sardor.Uz . Mazkur sayt "COOL" dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqildi.
\\ Malika
Yangi albom ustida ish qizg'in davom etyapti. "Malika" nomli yana bir tarona yozib tugatildi. Xalq so'zi, Iqbol Muhammadjonov musiqasi va Jasur Badalboev aranjirovkasi bilan yaratilgan ushbu tarona yaqin kunlarda klip bilan birgalikda sizning hukmingizga havola etiladi. Klip rejissori Rustam Murodov.
\\ Ijodiy safar
Men yaqin kunlarda xorijga ijodiy safar bilan yo'l olaman. Qayerga va qachon ekanligini keyingi yangiliklarda kuzatib boring.
\\ Kasting
"Bilmading" deb nomlangan qo'shig'imning klipiga qizlar tanlovini e'lon qilaman. Qo'shiqni eshitgansiz. Mana shu qo'shiqni klipida suratga tushishni istagida bo'lgan qizlar taklif etiladi. O'z fotosuratlaringiz va ma'lumotlaringizni info@sardor.uz manziliga yo'llashingiz mumkin.
|
|
 |
|
 |
© 2007-2009 Sardor Rahimxon
info@sardor.uz | site by COOL |
|